Ilmiy tashkilotlar laboratoriya uskunalari bilan ta’minlanadi

eʼlon qilindi
Ilmiy loyiha doirasida arizani loyiha rahbari kiritadi
Ilmiy tashkilotlar laboratoriya uskunalari bilan ta’minlanadi
Foto: Pexels

Ilmiy tashkilotlar laboratoriya uskunalari bilan ta’minlanadi. Sohaga oid hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, xarid uchun ariza berish vakolati tadqiqot turiga qarab belgilanadi.

Ilmiy loyiha doirasida arizani loyiha rahbari kiritadi. Ilmiy mavzu bo‘yicha esa ariza ilmiy bo‘linma rahbari yoki dastur doirasida tegishli mavzuga rahbarlik qiluvchi shaxs tomonidan taqdim etiladi. Dissertatsiya tadqiqotlarida ariza doktorantning ilmiy rahbari yoki o‘zaro kelishilgan holda ilmiy darajaga ega doktorantlardan biri tomonidan beriladi.

Arizada ilmiy faoliyat yo‘nalishi ko‘rsatiladi va markazlashgan davlat xaridi yoki mustaqil xarid usullaridan qaysi biri qo‘llanilishi belgilab qo‘yiladi. Hujjat maxsus axborot tizimi orqali tegishli ilmiy yo‘nalishdagi tadqiqotni amalga oshiruvchi tashkilot rahbari tomonidan kelishilgach yuboriladi.

Vakolatli agentlik kelib tushgan arizalar asosida shakllantirilgan buyurtmalarni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Talablarga muvofiq deb topilgan arizalar maxsus tizim orqali Xarid komissiyasiga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda autodonorlik tartibi belgilangani haqida yozgan edi.

Shuningdek