Lada Niva Legend modelini ishlab chiqarishni 2029-yilda tugatadi

18-fevral 2026 22:03 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Niva

Rossiyaning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi AvtoVAZ Lada Niva Legend modeli uchun transport vositasi turini tasdiqlash hujjati (OTTS) muddatini 2029-yilgacha uzaytirdi. Bu haqda Tarantas News nashri xabar berdi.

Rosstandart bazasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi sertifikat 16-fevraldan kuchga kirgan va yana uch yil davomida modelni ishlab chiqarish hamda sotish imkonini beradi.

Shu tariqa, uzoq yillardan buyon ishlab chiqarilayotgan klassik yo‘ltanlamas hali kamida 2029-yilgacha konveyerdan tushishda davom etadi.

2026-yilda yangilanishlar kutilmoqda

Kompaniya 2026-yilda Niva Legend yangilangan dvigatel va LED faralar bilan jihozlanishini ma’lum qildi. Hozircha yangi motor OTTS hujjatida ko‘rsatilmagan — u majburiy sinovlardan o‘tgach, hujjatga qo‘shimcha kiritiladi.

Narx borasida yo‘nalish sifatida Lada Niva Travel tajribasi keltirilmoqda. Ushbu model 90 ot kuchiga ega 1,8 litrli yangi dvigatel o‘rnatilgach, 76 ming rublga qimmatlashgan edi.

Talab saqlanib qolmoqda

Hozirda kompaniya Niva oilasiga oid modellarga keng ko‘lamli chegirma dasturlarini taklif qilmoqda. Subsidiyalar va maxsus aksiyalar hisobiga bazaviy versiyalarni taxminan 800 ming rubl atrofida xarid qilish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lada avtomobillariga chegirmalar e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek