
Microsoft kompaniyasi o‘n yillik oxirigacha Global Janub mamlakatlariga sun’iy intellektni kengaytirish uchun $50 mlrd sarmoya kiritish rejasida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Ushbu sammitda jahonning yetakchi sun’iy intellekt kompaniyalari rahbarlari va bir qator davlat yetakchilari ishtirok etmoqda. Global Janub atamasi rivojlanayotgan, iqtisodiyoti endi shakllanayotgan yoki daromadi past bo‘lgan, asosan janubiy yarimsharda joylashgan davlatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Microsoft o‘tgan yili dunyodagi eng tez o‘sayotgan raqamli bozorlardan biri bo‘lgan Hindistonga $17,5 mlrdlik sarmoya kiritishini e’lon qilgan edi. Bu AQSh texnologiya gigantining mintaqadagi faoliyatini chuqurlashtirishga qaratilgan harakatlarining davomi hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Amazon OpenAI loyihasiga 50 milliard dollar ajratmoqchiligi haqida xabar bergan edi.