Gadjetlar

Motorola FIFA World Cup 26 Edition smartfonini taqim etadi

Bu to‘rtinchi versiyasi
Motorola FIFA World Cup 26 Edition smartfonini taqim etadi / Foto: GSMArena

Motorola kompaniyasi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati bag‘ishlangan maxsus smartfonlarini ishlab chiqarishda davom etmoqda. Bu haqda GSMArena ma’lum qildi.

Hozirgacha kompaniya Razr 60 FIFA World Cup 26 Edition modelini taqdim etgan va yaqinda Signature hamda Razr Fold modellarining FIFA World Cup 26 mavzusidagi maxsus versiyalari haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Foto: GSMArena

Yaqin manbalarga ko‘ra, bu yangi model Motorola Edge 70 Fusion FIFA World Cup 26 Edition bo‘lib, FIFA 2026 hamkorligi doirasida ishlab chiqilmoqda.

FIFA musobaqalari 11-iyundan 19-iyulgacha Kanada, AQSh va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Motorola rasmiy homiy sifatida ushbu imkoniyatdan to‘liq foydalangan holda maxsus smartfonlar seriyasini chiqarishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avval Motorola Moto G17 va G17 Power smartfonlarini taqdim etgan edi.