Pixel 9 smartfonlari endi AirDrop orqali iPhone bilan ma’lumot almasha oladi

eʼlon qilindi
Pixel 9a modeli hozircha ushbu yangi funksiyadan mustasno qolmoqda
Foto: Macworld

Google kompaniyasi Pixel 9 seriyasidagi smartfonlar uchun AirDrop orqali Apple qurilmalari bilan ma’lumot almashish imkoniyatini taqdim etdi. Avvalroq bu funksiya faqat Pixel 10 modellarida mavjud edi.

2025-yilning kuzida Google Pixel 10 qurilmalariga AirDrop funksiyasini qo‘shgan edi. Endilikda ushbu ro‘yxat Pixel 9 seriyasi bilan kengaytirildi, biroq budjetli Pixel 9a modeli AirDrop bilan ishlamasligi ma’lum qilindi. Android qurilmalarida ushbu jarayon Quick Share texnologiyasi orqali qayta ishlanadi.

Foto: rozetked.me

Ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil davomida boshqa ishlab chiqaruvchilarning Android smartfonlari ham AirDrop funksiyasiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Hozirda Qualcomm kompaniyasi ushbu texnologiya ustida ish olib bormoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Google Pixel smartfonlarida ovoz bilan bog‘liq muammo aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek