Ramazon munosabati bilan ayrim oilalarga 1 million so‘m moddiy yordam beriladi

eʼlon qilindi
500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ham
So‘m
Foto: Facebook/Sun’iy intellekt

Avvalroq Ramazonda ehtiyojmand aholiga 1 trillion so‘mdan ortiq yordam puli ajratilishi haqida yozgandik. Bu bo‘yicha prezident qarori tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, quyidagi turlardagi shaxslarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam beriladi:

  • Ijtimoiy reestrdagi «davlat ta’minotidagi oila» toifasidagi oilalarga;
  • O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reestridagi fuqarolarga;
  • Yetim va ota-ona qarovidan mahrum bolalar yashayotgan oilalarga.

Shu bilan birga, ijtimoiy reestrdagi «kambag‘al oila» toifasidagi va «mahalla yettiligi» tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi oilalarga 500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi.

Qaror bilan ijtimoiy reestrdagi oilalarning 6 ming bemor a’zosining davolanishi va jarrohlik amaliyotlari bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi.

Moddiy yordamlar 2026-yil 1-martga qadar ro‘yxat asosida oilalarning ijtimoiy kartalari yoki bank plastik kartalariga o‘tkaziladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 18-fevral kuni taroveh namozi qaysi vaqtlarda o‘qilishi ma’lum qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek