Samsung Galaxy Book6 seriyasi narxlari va sotuv sanalarini e’lon qildi

18-fevral 2026 17:50 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Samsung Galaxy Book6 seriyasi narxlari va sotuv sanalarini e’lon qildi / Foto: Samsung

Samsung Intel’ning Core Ultra Series 3 protsessorlari bilan jihozlangan Galaxy Book6 noutbuklari seriyasining Yevropa bozoridagi narxlari va ularning qachon sotuvga chiqishini rasman ma’lum qildi.

Galaxy Book6 seriyasi narxlari va sotuv sanalari

Oldindan buyurtmalar kelasi hafta — 25-fevraldan boshlanadi. Qurilmalarni yetkazib berish esa 11-martdan start oladi. Galaxy Book6 seriyasi dastlab Belgiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Skandinaviya mamlakatlari, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Irlandiya rastarida paydo bo‘ladi. Aprel oyida yana boshqa mamlakatlarda ham sotuv boshlanishi rejalashtirilgan.

Mavjud konfiguratsiyalar va narxlar:

  • 14 dyuymli Galaxy Book6: €1 149 / £949
  • 16 dyuymli Galaxy Book6: €1 249 / £1 049
  • 16 dyuymli Galaxy Book6 (sensorli ekran): €1 399 / £1 099
  • 14 dyuymli Galaxy Book6 Pro: €1 799 / £1 399
  • 16 dyuymli Galaxy Book6 Pro: €1 899 / £1 499
  • 16 dyuymli Galaxy Book6 Ultra: €3 399 / £2 999

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyada bazaviy variant 256 GB xotira bilan taklif etilsa, Yevropaning boshqa mamlakatlarida boshlang‘ich konfiguratsiya 512 GB bo‘ladi.

Shuningdek, Galaxy Book6 Ultra modeli faqat alohida Nvidia RTX 5060 videokartasi bilan sotuvga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy Buds4 va Buds4 Pro dizayni, xususiyatlari va narxlari haqida yozgan edik.

Shuningdek