Taroveh namozlari o‘qiladigan masjidlarga navbatchi energetik biriktirildi

eʼlon qilindi
Zarur hollarda dizel generatorlarini o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan
Ob-havo
Foto: Fookphotos

Taroveh namozlari o‘qiladigan masjidlarga navbatchi energetik biriktirildi. Bu haqda Energetika vazirligida iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Unda Ramazon oyiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Yoqilg‘i-energetika obyektlaridagi asosiy va yordamchi qurilmalarning ishonchli ishlashi, aholi va ulgurji iste’molchilarga energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Ikki mingdan ortiq jome masjidlarida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida taqsimlash tarmoqlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazildi va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

Taroveh namozlari o‘qiladigan masjidlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun har bir masjidga bir nafardan navbatchi energetik xodim biriktirildi. Zarur hollarda dizel generatorlarini o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, 2,5 ming nafar muhandis-texnik xodimdan iborat navbatchilik tashkil etildi. 210 ta tezkor avariyaviy brigada shakllantirilib, ularga 250 ta avtomobil va maxsus texnika biriktirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 18-fevral kuni taroveh namozi qaysi vaqtlarda o‘qilishi ma’lum qilingandi. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Ramazon oyi rasman 19-fevraldan boshlanadi. 

Shuningdek