Gadjetlar

Xiaomi 17 Ultra Leica Edition global bozorga yangi nom bilan chiqadi

Qurilmaning global taqdimoti 28-fevral kuni rasman e’lon qilinadi
Xiaomi 17 Ultra Leica Edition global bozorga yangi nom bilan chiqadi / Foto: Xiaomi

Xiaomi 17 Ultra Leica Edition smartfoni (yoki Xiaomi 17 Ultra by Leica) xalqaro bozorlarga Leica Leitzphone nomi ostida taqdim etiladi. Bu haqda GSMArena ma’lum qildi.

Dizayn va brend

Avvalgi uchta Leitz Phone faqat Yaponiya uchun chiqarilgan edi. Leica ushbu liniyadan voz kechib, Xiaomi 17 Ultra’ning o‘z brendli versiyasini yaratdi. Ernst Leitz Leica kompaniyasining asoschisi bo‘lgan va kompaniya nomi uning familiyasi hamda «camera» so‘zidan kelib chiqqan.

Texnik xususiyatlar

Leica Leitzphone by Xiaomi modeli Snapdragon 8 Elite Gen 5 SoC bilan ishlaydi va 16GB RAMga ega bo‘ladi. U Android 16 operatsion tizimi bilan birga chiqariladi, ustiga Xiaomi HyperOS 3 o‘rnatiladi.

Narx va global taqdimot

Xiaomi 17 Ultra Leica Edition Xitoydagi odatdagi Xiaomi 17 Ultra’ga nisbatan qimmatroq. Xalqaro bozorlarda ham narxi yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Qurilmaning global taqdimoti 28-fevral kuni rasman e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi Watch 5 soatlari qanday narxda xalqaro bozorlarga chiqarilishi haqida yozgan edik.