
Zeekr kompaniyasi O‘zbekistonda ikki modelga rasmiy buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Bular tarixdagi birinchi gibrid krossoveri — to‘liq o‘lchamli Zeekr 9X va chuqur modernizatsiyalangan elektr liftbek Zeekr 001 (2026).

Zeekr 9X
Zeekr 9X — katta, 6 kishilik krossover (uzunligi 5,2 metr), dvigatel qismida 2,0 litrli ichki yonuv dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, u ikki elektr motor bilan ishlaydi. Umumiy tizim quvvati 898 ot kuchini tashkil etadi. Toza elektr quvvati bilan avtomobil 300 kmgacha yo‘l bosadi.

Salonda ikkita 16 dyuymli ekran va 47 dyuymli proyeksion ekran, shuningdek, 32 karnayli Naim Sound audio tizimi mavjud. O‘zbekistonda Zeekr 9X Max va Ultra versiyalarida taqdim etilgan bo‘lib, narxlari mos ravishda 1,2 va 1,3 mlrd so‘mdan boshlanadi.

Zeekr 001 (2026)
Zeekr 001 modeli texnik va jihozlash bo‘yicha sezilarli yangilanishlar olgan. To‘liq g‘ildirakdan tortish tizimiga ega versiya 925 ot kuchiga ega va 0–100 km/soat tezlanishini atigi 2,83 soniyada bajaradi. 103 kVt/soat sig‘imli batareya avtomobilni bir zaryadda 810 kmgacha masofaga olib boradi.

Salonda «yulduzli osmon» effektli tom, 20 nuqtali massajga ega kreslolar va orqa VIP yo‘lovchi uchun maxsus oyoq tayanch (ottomanka) mavjud. Hozircha orqa g‘ildirakdan tortish tizimli RWD Max bazaviy versiyasining narxi 770 mln so‘m deb e’lon qilingan.
Ikkala model ham yaxshilangan pnevmatik suspenziya tizimlariga va eng yangi avtonom haydash komplekslariga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zeekr 9X’ga boshqa motor-reduktor o‘rnatilishi haqida xabar bergan edik.