Sport

«Budyo-Glimt» kutilmaganda A Seriya grantini tiz cho‘ktirdi

Norvegiya klubi o‘z maydonida «Inter»ni mahv etdi
Foto: UEFA

UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubi Italiyaning «Inter» jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida shov-shuvli g‘alaba qozondi.

Norvegiya chempionati ayni damda mavsum oralig‘i ta’tilida bo‘lishiga qaramay, mezbonlar ikkinchi bo‘limda o‘yin nazoratini to‘liq qo‘lga olishdi. Avvalroq «Manchester Siti» va «Atletiko»ni mag‘lub etgan «Budyo-Glimt», bu safar Italiya A Seriyasida yaqqol peshqadam bo‘lib turgan «Inter»ni ham yengishga muvaffaq bo‘ldi.

Буде-Глимт — Интер. Обзор матча Лиги чемпионов. 18.02.2026

O‘yinning 20-daqiqasida Sondre Fet hisobni ochgan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqa o‘tib Franchesko Pio Esposito muvozanatni tikladi. Uchrashuv taqdiri ikkinchi bo‘limda, atigi uch daqiqa ichida hal etildi. 61-daqiqada Yens Petter Hauge jamoasini yana oldinga olib chiqdi, 64-daqiqada esa Kasper Xyog yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Foto: UEFA

Kasper Xyog mazkur bahsda 1 ta gol va 2 ta golli uzatma bilan o‘yin qahramoniga aylandi. Mehmonlar safida Matteo Darmian va Lautaro Martinesning zarbalari darvoza ustuniga tegib qaytdi. Ushbu g‘alaba Norvegiya klubini nimchorak final bosqichiga yanada yaqinlashtirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Arsenal» chempionlik poygasida ochko yo‘qotgani haqida xabar bergan edi.