Yangiliklar

Dollar oshdi: 20-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

36,93 so‘mga
dollar
Foto: Pixabay

20-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 36,93 so‘mga oshib, 12 169,41 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

12-fevral kuni esa 22,68 so‘mga tushib, 12 287,31 so‘mni tashkil etdi. 13-fevral uchun dollar 11,73 so‘mga tushib, 12 275,58 so‘mga yetgandi. 16-fevral kuni dollar 54,6 so‘mga tushib, 12 220,98 so‘mni, 17-fevral kuni esa 29,68 so‘mga tushib, 12 191,30 so‘mni, 18-fevral kuni 53,44 so‘mga tushib, 12 137,86 so‘mni tashkil qildi. 19-fevralga kelib dollar 12 132,48 so‘mga (-5,38) yetdi.

Grafik SI

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 0,1 so‘mga tushib, 14 359,90 so‘mni, rubl 0,14 so‘mga pasayib, 158,95 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.