Farg‘onada ko‘p qavatli uy 1,7 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irladi

eʼlon qilindi
Holat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish olib borilmoqda
Farg‘onada ko‘p qavatli uy 1,7 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irladi
Foto: Energetika vazirligi

Farg‘ona shahrida ko‘p qavatli uy 1,7 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irladi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. Holat «Bobur» MFY A.Qodiriy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda qayd etilgan.

Tekshiruv davomida uy tabiiy gaz tarmog‘iga shartnomasiz ulanganligi ma’lum bo‘ldi. Ta’minot tashkiloti bilan rasmiy kelishuv tuzilmagan.

Iste’molchi «zangori yoqilg‘i»dan to‘g‘ridan to‘g‘ri noqonuniy foydalangan.

Foto: Energetika vazirligi

Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. 1,7 mlrd so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Holat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Asakada qariyb 2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish fosh etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek