Hazoraspda litsenziyasiz ishlagan «zapravka» 41 mln so‘m jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidagi «M.M.D.» MChJga qarashli shoxobcha
Hazoraspda litsenziyasiz ishlagan «zapravka» jarimaga tortildi
Foto: O‘zenergoinspeksiya

Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidagi «M.M.D.» MChJga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi jarimaga tortildi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» xabar berdi.

Inspeksiya tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda shoxobcha neft mahsulotlarini chakana sotish faoliyatini tegishli litsenziyasiz amalga oshirib kelgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan korxonaga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (41,2 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hazorasp tumanida 13,1 mlrd so‘mlik gaz talon-toroj qilingandi. Holat «Pahlavon Mahmud» MFYda joylashgan «G.M.H.» MChJga qarashli ko‘p qavatli uyda qayd etilgan.

Tekshiruvda uy ta’minot tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan ulanganligi ma’lum bo‘ldi. Loyiha-texnik hujjatlar ham rasmiylashtirilmagan. Iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, gazdan noqonuniy foydalangan.

Shuningdek