Hyundai’ning eng arzon elektromobili yo‘llarda paydo bo‘ldi

19-fevral 2026 07:43 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Autohome

Yangi Hyundai Motor Company elektromobilining yo‘llardagi sinov vaqtida olingan suratlari e’lon qilindi. Bu haqda Xitoyning Autohome nashri xabar berdi, deb yozmoqda Electrek.

Taxminlarga ko‘ra, bu kompaniyaning eng kichik va eng arzon modeli bo‘lishi kutilayotgan Hyundai Ioniq 1 hisoblanadi.

Avtomobil kuchli kamuflyaj ostida bo‘lgani sababli dizaynini to‘liq baholash imkoni yo‘q. Shunga qaramay, model juda ixcham ekani, biroq kuzovi balandroq bo‘lgani ko‘rinadi. Bu esa uni kichik krossover sifatida pozitsiyalash ehtimolini oshiradi.

Suratlardan old qismida ikki qavatli optika, orqa tomonida esa ingichka fonarlar mavjudligi seziladi. Qizig‘i shundaki, avtomobil Hindistonda suratga olingan. Shu bois, model aynan shu mamlakatda ishlab chiqarilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Foto: Autohome

Hozircha texnik xususiyatlar va rasmiy taqdimot sanasi haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Hyundai Ioniq 5 N bazasida 149 ming dollarlik superkar yaratilgani haqida yozgandi.

Shuningdek