Ilon Mask Netflixga o‘zi haqida «qora tanli» qahramon ishtirokida serial olishni taklif qildi

eʼlon qilindi
Milliarder sun’iy intellekt yaratgan parodiya suratiga munosabat bildirdi
Foto: Los Angeles Times

Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Netflix striming servisiga o‘zi haqida serial suratga olishni taklif qildi. Unda milliarder «qora tanli» inson sifatida tasvirlanishi lozimligini kinoya bilan ta’kidlagan.

Ushbu g‘oya tarmoq foydalanuvchilaridan biri tomonidan joylashtirilgan va sun’iy intellekt yordamida yaratilgan suratdan so‘ng paydo bo‘ldi. Suratda Mask o‘zga sayyoraliklar qurshovida qora tanli qahramon sifatida tasvirlangan bo‘lib, bu Netflixning so‘nggi yillardagi kasting siyosatiga qaratilgan ochiq parodiya hisoblanadi.

«Iltimos, buni haqiqatga aylantiring, bu juda ajoyib bo‘lardi», — deya izoh qoldirdi tadbirkor post ostida.

Eslatib o‘tamiz, Forbes jurnali Ilon Maskning boyligi tarixda ilk bor $800 mlrd dan oshganini ma’lum qilgan edi. Kapitalning bunday keskin o‘sishi SpaceX kompaniyasi tomonidan xAI loyihasining sotib olinishi natijasida yuzaga keldi.

Shuningdek, o‘tgan yilning oktabr oyida Mask Netflix platformasini boykot qilishga chaqirgan edi. O‘shanda biznesmen servisdagi kontent bolalar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Mask X platformasida X Money moliyaviy xizmatini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek