Avto

Lada Vesta SW Sport NG avtomobili qanday xususiyatga ega

Seriyali turbomotorlar esa faqat Lada Azimut krossoverida 2028-yildan keyin paydo bo‘lishi kutilmoqda
Lada Vesta SW Sport NG avtomobili qanday xususiyatga ega
Foto: RCI News

Lada Vesta SW Sport NG avtomobili seriyali ishlab chiqarilmasligi aytilmoqda. Bu haqda RCI News nashri ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, avtomobil turbomotor bilan jihozlangan. Turbokitni RCI Service o‘rnatgan. Bu yechim avtomobil dinamikasini sezilarli oshiradi.

AvtoVAZ hozircha seriyali modellarga turbomotor qo‘ymayapti. Kompaniya yangi Lada Vesta Sport 2026’ni 2026-yil aprelda sotuvga chiqaradi. U 1.8 EVO atmosferali dvigatel bilan taqdim etiladi. Uning quvvati 145 ot kuchi va 184 Nm momentga teng bo‘ladi. Uzatmalar qutisi esa 6 pog‘onali mexanik bo‘ladi.

Seriyali turbomotorlar esa faqat Lada Azimut krossoverida 2028-yildan keyin paydo bo‘lishi kutilmoqda. Vesta Sport’da turbomotor ehtimol keyingi avlodda paydo bo‘ladi. C-segment sedani esa 2030-yilga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Lada Iskra avtomobilida qanday muammo kuzatilgani haqida yozgan edi.