
AQShning Vashington shahrida bo‘lib o‘tayotgan Tinchlik kengashida Donald Tramp xalqaro yordam paketlari bo‘yicha bayonot berib, 9 davlatning G‘azoga yuborilgan mablag‘ga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi. Mablag‘ yig‘ilishida yordam bergan to‘qqizlik orasida O‘zbekiston ham bor.
«Qozog‘iston, Ozarbayjon, BAA, Marokash, Bahrayn, Qatar, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston va Kuvayt G‘azoga yordam paketi uchun jami $7 mlrddan ortiq moddiy hissasi qo‘shdi», – deydi Tramp sammit minbarida.
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev shu yilning 22-yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahrida Amerika yetakchisi Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan Tinchlik kengashi nizomini imzolagan.
Abdulaziz Komilov esa O‘zbekistonning Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini ochiqlagan edi.