«Qizilqum» bosh murabbiyi 20 million so‘m pora bilan qo‘lga tushdi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
«Qizilqum» bosh murabbiyi 20 million so‘m pora bilan qo‘lga tushdi / O‘FA

Navoiy shahridagi «Qizilqum» professional futbol klubining «U-19» jamoasi bosh murabbiyi tomonidan sodir etilgan noqonuniy holat fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bosh murabbiy o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Nurota tumanida yashovchi 2008-yilda tug‘ilgan o‘smirdan asosiy tarkibga qabul qilinish evaziga 20 mln so‘m talab qilgan. O‘yinchi va uning oilasi murabbiyning bu harakatidan xabardor bo‘lgan, ammo rahbarning qarori va klub komissiyasi orqali rasmiy saralash jarayoni o‘tkazilishi kerakligini lozim deb bilgan.

Bosh murabbiy talab qilgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoiy dalillar bilan ushlandi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.

«Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan futbolda halollik va shaffoflikni ta’minlash eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olingan.

Agarda ushbu tamoyillarga amal qilinmasa – bu yosh avlodning futbolga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin», – deyiladi O‘FA bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV akademiyasiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxslar 12 ming dollar bilan ushlangan edi.

Shuningdek