Yangiliklar

«Qizilqum»ning poraxo‘r murabbiyi, «qora tanli» Ilon Mask, Samarqandda dor yo‘li hamda Tinchlik kengashi sammiti — 19-fevral kungi muhim yangiliklar dayjesti

Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
19-fevral kungi muhim yangiliklar dayjesti / Foto: Ochiq manbalardan
"Qizilqum" bosh murabbiyi 20 million so‘m pora bilan qo‘lga tushdi
«Qizilqum» bosh murabbiyi 20 million so‘m pora bilan qo‘lga tushdi / O‘FA

«Qizilqum» bosh murabbiyi 20 million so‘m pora bilan qo‘lga tushdi

Navoiy shahridagi «Qizilqum» professional futbol klubining «U-19» jamoasi bosh murabbiyi tomonidan sodir etilgan noqonuniy holat fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) ma’lum qildi.

Samarqandda Xorvatiya konsulligi ochilishi mumkin
Foto: Xorvatiyaning Kanadadagi elchi xonasi

Samarqandda Xorvatiya konsulligi ochilishi mumkin

Samarqand shahrida Xorvatiya konsulligi ochilishi mumkin. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Xorvatiya parlamenti delegatsiyasining Samarqandga tashrifi davomida bu masala muhokama qilingan.

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Samarqandda dor yo‘li qurilishi boshlandi – foto

Silk Road Samarkand xalqaro turizm markazi hududida zamonaviy dor yo‘li (kanat yo‘li) qurilishi boshlandi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi xabar berdi.

Bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgan blogerlar javobgarlikka tortildi
Foto: infomigrants.net

Bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgan blogerlar javobgarlikka tortildi

Bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgan blogerlar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Getty Images

Rossiya Oliy sudi Google’ga qarshi 91,5 kvintillion rubl miqdorida jarima qo‘lladi

Rossiya Oliy sudi uchta pastki instansiya qarorlarini bekor qilmaslikka qaror qildi va rus telekanallari tomonidan Google’ga qarshi qo‘yilgan 91,5 kvintillion rubl miqdoridagi talablarni dolzarb deb tan oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ilon Mask
Foto: Los Angeles Times

Ilon Mask Netflixga o‘zi haqida «qora tanli» qahramon ishtirokida serial olishni taklif qildi

Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Netflix striming servisiga o‘zi haqida serial suratga olishni taklif qildi. Unda milliarder «qora tanli» inson sifatida tasvirlanishi lozimligini kinoya bilan ta’kidlagan.

Tramp Mirziyoyev haqida nimalar dedi — video
Tramp Mirziyoyev haqida nimalar dedi — video / Foto: Minbar ortida

Tramp Mirziyoyev haqida nimalar dedi — video

AQShning Vashington shahri mezbonlik qilayotgan Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishida Donald Tramp Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston haqida iliq fikrlar bildirdi. Tarmoqlarda uning Mirziyoyevni tanishtirgani aks etgan videolar tarqaldi.

Hazoraspda litsenziyasiz ishlagan «zapravka» jarimaga tortildi
Foto: O‘zenergoinspeksiya

Hazoraspda litsenziyasiz ishlagan «zapravka» 41 mln so‘m jarimaga tortildi

Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidagi «M.M.D.» MChJga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi jarimaga tortildi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» xabar berdi.

Foto: The Jerusalem Post

Mark Sukerberg Instagram bolalarni nishonga olgani haqidagi ayblovlarni rad etdi

Los-Anjelesda bo‘lib o‘tayotgan sud jarayonida Meta rahbari Mark Sukerberg kompaniya 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarning platformadan foydalanishiga ruxsat bermasligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.