Gadjetlar

Samsung Galaxy A37 va A57 taqdimoti mart oyiga qoldirildi

Narxi $250 dan $450 atrofida bo‘lishi kutilmoqda
Samsung Galaxy A37 va A57 taqdimoti mart oyiga qoldirildi / Foto: Frontalka

Samsung Galaxy A37 va A57 modellari fevral oyining birinchi yarmida rasmiy taqdim etilishi kutilayotgandi. Ammo qurilmalar hali e’lon qilinmadi. Manbalarga ko‘ra, ularning taqdimoti mart oyiga surilgan.

Galaxy A37 xususiyatlari

  • Ekran: 6,7 dyuymli FHD+ AMOLED, 120Hz yangilanish tezligi
  • Protsessor: Exynos 1480
  • Kameralar: 50MP asosiy (1/1.56″ sensor), 8MP ultra keng burchakli, 5MP makro, 12MP old kamera
  • Batareya: 5,000 mA/soat, 45W simli tezkor zaryadlash
  • Himoya: IP67 sertifikati (chang va suvga chidamli)
  • Narxi: taxminan $299  –  $349 atrofida
Foto: GSMArena

Galaxy A57 xususiyatlari

  • Ekran: 6,6 dyuymli tekis AMOLED, 120Hz yangilanish tezligi
  • Protsessor: Exynos 1680
  • Xotira: UFS 3.1
  • Kameralar: 50MP asosiy OIS bilan, 12MP ultra keng burchakli, 5MP makro, 12MP old kamera
  • Batareya: 5,000 mA/soat, 45W simli tezkor zaryadlash
  • Himoya: IP68 sertifikati
  • O‘lcham va vazn: 6,9 mm qalinlik, 182 g
  • Narxi: taxminan $399  –  $449 atrofida

Eslatib o‘tamiz, ushbu ma’lumotlar norasmiy xabarlarga asoslangan bo‘lib, rasmiy e’lon qilingach, qurilmalar haqidagi tafsilotlar aniqroq bo‘ladi.

Avvalroq Samsung Galaxy Book6 seriyasi narxlari va sotuv sanalarini e’lon qilgan edi.