Toshkentda taroveh namozi vaqtida bir qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgartiriladi

eʼlon qilindi
Har kuni soat 18:00 dan 24:00 gacha
Toshkentda 45, 137 va 6-sonli avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi
Foto: ijtimoiy tarmoq

Toshkentda taroveh namozi vaqtida bir qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgartiriladi. Bu haqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.

2026-yil 18-fevraldan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 gacha masjidlar yaqinidagi ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Shu sababli quyidagi avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha cheklangan ko‘chalarga yondosh ko‘chalar orqali o‘zgartiriladi. O‘zgartirilgan yo‘nalishlarda qatnov oralig‘i belgilangan vaqtdan oshishi mumkin. Yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirish so‘raladi.

Harakat cheklanadigan hududlar va o‘zgartiriladigan yo‘nalishlar

t/rMasjid nomiHarakat cheklanadigan hududYo‘nalishlarAvtobus saroyi
1Tepa masjidiMirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasigacha505-AC
2Islom ota masjidiYashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalarigacha22, 1271, 7-AC
3Ali ibn Abu Tolib masjidiYashnobod tumani, Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasigacha18, 106, 1485-AC
4Usmon bin Maz’um masjidiYakkasaroy tumani, KHAY – Fayzli Toshkent chorrahasidan KHAY – Qushbegi chorrahasigacha32, 62, 70, 1434, 7, 12-AC
5Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidiShayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasigacha8T, 20, 27, 35, 46, 53, 73, 91, 1464, 7, 8, 18-AC
6Hazrati Imom masjidiOlmazor tumani, Nurafshon – Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – A. Qodiriy chorrahasigacha42, 43, 1098-AC
7Islomobod masjidiOlmazor tumani, KHAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha65, 118, 1208, 18-AC
8Do‘stjonboy (Sulola) masjidiOlmazor tumani, Sag‘bon-12 tor ko‘chasidan Keles yo‘li – Noraztepa chorrahasigacha118, 1208, 18-AC
9Mirza Yusuf masjidiYunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha38, 504, 5-AC
10Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidiUchtepa tumani, Katta Qani aylanmasidan Lutfiy – Katta Xirmontepa chorrahasigacha13, 567-AC
11Hazrati Ali masjidiUchtepa tumani, Nazarbek – Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1 tor – Zamaxshariy ko‘chasigacha64, 73, 87, 114, 1394, 7, 18-AC
12Novza masjidiChilonzor tumani, Bunyodkor – Muqimiy ko‘prigi tagidan Bunyodkor – Kamolon ko‘prigigacha56, 118, 1507, 8-AC
13Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidiChilonzor tumani, Al-Xorazmiy – Gavhar chorrahasidan So‘g‘alli ota ko‘chasigacha17T, 987, 18-AC
14Ubay ibn Ka’b (Bo‘rijar) masjidiChilonzor tumani, Al-Xorazmiy – Katta Xirmontepa chorrahasidan Al-Xorazmiy – Katta Qani chorrahasigacha17T, 987, 18-AC
15Katta Qozirabod masjidiChilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi18, 77, 80, 103, 1352, 4, 5, 7, 18-AC
16O‘nqo‘rg‘on jome masjidiQibray tumani, A. Ustaboyev ko‘chasi, «O‘nqo‘rg‘on» MFY32-AC
17Bo‘ta buva jome masjidiChilonzor tumani, Beshqo‘rg‘on ko‘chasi1614-AC
18Mirxalil xoji masjidiToshkent tumani, Bobur ko‘chasi658-AC
19Umar ibn Xattob masjidiYunusobod tumani, Bog‘iravon ko‘chasi35, 788, 18-AC
20Yunusobod Oqtepa masjidiYunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi718-AC
21Eshon Boboxon masjidiShayxontohur tumani, Al Xorazmiy ko‘chasi2918-AC

Haydovchilar va yo‘lovchilardan tirbandliklarni inobatga olib, harakatni oldindan rejalashtirish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bektemir va Katta halqa yo‘li chorrahasida harakat vaqtincha o‘zgartirilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek