Yangiliklar

Tramp Mirziyoyev haqida nimalar dedi — video

Uning tanishtiruvi aks etgan videolar tarqaldi
Tramp Mirziyoyev haqida nimalar dedi — video / Foto: Minbar ortida

AQShning Vashington shahri mezbonlik qilayotgan Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishida Donald Tramp Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston haqida iliq fikrlar bildirdi. Tarmoqlarda uning Mirziyoyevni tanishtirgani aks etgan videolar tarqaldi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/02/img_3964.mp4
Video: Foto: Minbar ortida

Tramp kengashning ilk yig‘ilishida Mirziyoyevni quyidagicha tanishtirdi:

«Oʻzbekiston prezidenti Mirziyoyev, qani, qayerda o‘tiribdi? Ha, mana u, mening doʻstim. Mamlakatingizda ishlar ajoyib, siz ham zo‘r ishlayapsiz va hech qanday muammo yoʻq».

Foto: Minbar ortida

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vakili bilan JSTga a’zolikni muhokama qilgan edi.