Avto

2024-yilgi Chevrolet Cobalt qariyb Tracker narxida sotuvga qo‘yildi

Yurilgan masofasi 29 ming km
2024-yilgi Chevrolet Cobalt qariyb Tracker narxida sotuvga qo‘yildi
Foto: olx

2024-yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Cobalt avtomobili deyarli yangi Tracker narxida sotuvga chiqarildi. Mashina avtomat uzatma bilan jihozlangan.

Rangi oq, yonilg‘i turi gaz/benzin. Yurilgan masofasi («probegi») 29 ming km. Egasi bitta. Sotuvchi mashinani o‘zi uchun qayta yig‘ganini bildirgan. Old va orqa bamperlar boshqa model uslubida o‘zgartirilgan.

Foto: Olx

Salon ham to‘liq yangilangan. Ichki qismda 13 dyuymli katta monitor o‘rnatilgan. Avtomobilga qo‘shimcha tarzda zamonaviy rul qo‘yilgan.

Foto: olx

Mashina yaxshi holatda ekani aytilgan. Kuzovda bo‘yalgan joylari yo‘qligi ta’kidlangan. Qo‘shimcha jihozlar sifatida parktronik, elektrooynalar, signalizatsiya va konditsioner mavjud.

Foto: olx

Sotuvchi avtomobilni dadasining tug‘ilgan kuniga olmoqchi bo‘layotgan model uchun pul yetmayotgani sabab sotayotganini bildirgan. Sotuv narxi $16,6 ming. Bu O‘zbekiston sharoitida yangi Tracker narxiga yaqin.

Foto: olx

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning noyabr oyida yangi Chevrolet Cobalt uchun shartnomalar ochilgandi. Unga ko‘ra, modellarning tavsiya etilgan chakana narxlari quyidagicha:

  • Cobalt Midnight MCM – 165 200 000 so‘m.
  • Cobalt Style MCM – 156 100 000 so‘m;

Shuningdek, Cobalt O‘zbekistonda eng ko‘p sotiladigan model hisoblanadi. 2025-yilda ushbu modeldan 128,5 ming dona sotilgan. Ikkinchi o‘rinda esa ko‘p yillardan beri deyarli o‘zgarmagan Chevrolet Damas turibdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar bu vaziyatni hazil tariqasida «Chevroletston» deb atadi.