
J.D. Power 2026-yilning eng ishonchli avtomobil brendlarini e’lon qildi. Tadqiqotga ko‘ra, so‘nggi uch yildagi avtomobillarda muammolar soni yana oshgan.
Sanoat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 204/100 ni tashkil etdi. Bu har 100 ta avtomobilga 204 ta muammo to‘g‘ri kelishini anglatadi. Ko‘rsatkich qancha past bo‘lsa, brend shuncha ishonchli hisoblanadi.
Lexus 151/100 natija bilan ketma-ket yetakchilikni saqlab qoldi. Premium segment bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich esa 217/100 ga yetgan. Bu ommaviy brendlarga nisbatan yuqoriroq.

Ommaviy segmentda eng yaxshi natijani Buick qayd etdi. Undan keyin Mini va Chevrolet joylashgan.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, egalarning asosiy shikoyatlari multimedia va smartfon integratsiyasi bilan bog‘liq. Bluetooth, simsiz quvvatlash va ilovalar ishlashi muammolarning deyarli yarmiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, tashqi shovqinlar ham e’tirozlarga sabab bo‘lgan.
Reyting:
| O‘rin | Brend | PP100 |
|---|---|---|
| 1 | Lexus | 151 |
| 2 | Buick | 160 |
| 3 | Mini | 168 |
| 4 | Cadillac | 175 |
| 5 | Chevrolet | 178 |
| 6 | Subaru | 181 |
| 7 | Porsche | 182 |
| 8 | Toyota | 185 |
| 9 | Kia | 193 |
| 10 | Nissan | 194 |
| – | Sanoat o‘rtachasi | 204 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Equinox elektromobili ishonchlilikni yo‘qotayotgani haqida yozgan edi.