
Afg‘oniston hududida kuchli zilzila sodir bo‘ldi va uning silkinishlari qo‘shni davlatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yer qimirlashi 2026-yil 20-fevral kuni soat 18:09:58 da qayd etilgan. Zilzilaning magnitudasi 6 ballni tashkil etib, o‘chog‘i yer yuzasidan 76 kilometr chuqurlikda joylashgan. Episentr Bag‘lon hududida bo‘lib, u Toshkent shahridan taxminan 608 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
Yer silkinishi O‘zbekiston hududida ham sezilgan. Xususan, Surxandaryo viloyatida zilzila kuchi 2–3 ball atrofida baholangan bo‘lib, episentrdan masofa qariyb 246 kilometrni tashkil etgan. Qashqadaryo viloyatida esa silkinishlar 2 ball darajasida sezilgan, bu hudud episentrdan taxminan 464 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Hozircha zilzila oqibatlari, talafot yoki vayronagarchiliklar haqida rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq