
Amazfit kompaniyasi o‘zining flagman aqlli soatlarining ikkinchi avlodi — T-Rex Ultra 2’ni rasman taqdim etdi. Bu haqda Notebookcheck xabar berdi.
Batareya va korpus xususiyatlari
Batareya sig‘imi avvalgi modelga nisbatan 74% ga oshdi (500 mA/soatdan 870 mA/soatga), shu bilan birga qurilmaning og‘irligi deyarli o‘zgarmadi (89,2 gramm). Oddiy ishlash rejimida soatning avtonomligi 30 kunni tashkil qiladi. Bu esa korpus materiallarini to‘liq yangilash orqali amalga oshirildi: zanglamaydigan po‘lat o‘rniga aviatsion titan ishlatilgan, undan bezel, tugmalar va orqa qopqoq ishlab chiqarilgan.

Ekran va xotira
T-Rex Ultra 2 1,5 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan bo‘lib, uning maksimal yorqinligi 3000 kandel/m² (oldingi modeldan uch barobar yorqinroq). Xotira hajmi 16 marta oshirilib, 64 GB ga yetkazilgan. Soatlar oldindan yuklangan topografik oflayn xaritalar bilan ta’minlangan va navigatsiya bir vaqtning o‘zida olti sun’iy yo‘ldosh tizimi orqali ishlaydi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar va himoya
Korpusga ikki rejimli LED chiroq integratsiya qilingan bo‘lib, SOS funksiyasiga ega. Soatlar -30°C haroratda barqaror ishlaydi va suvdan himoya qilinadi (10 ATM). Yevropa va AQSh bozorlari uchun NFC orqali kontaktsiz to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyati ham mavjud.
Narxi
Amazfit T-Rex Ultra 2 ning tavsiya etilgan chakana narxi $549 yoki evro atrofida belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi Watch 5 soatlari xalqaro bozorlarga qanday narxda chiqishi haqida xabar bergan edik.

