Chery Tiggo 7 Pro krash-testda muvaffaqiyatsizlikka uchradi

20-fevral 2026 15:39 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chery Tiggo 7 Pro krash-testdan o‘ta olmadi
Ekran tasviri videodan olingan

Chery Tiggo 7 Pro krossoveri Africa NCAP krash-testlarida past natija ko‘rsatdi. «Kitayskiye avtomobili»ga ko‘ra, avtomobil kattalar himoyasi bo‘yicha 5 yulduzdan 2 yulduz, bolalar xavfsizligi bo‘yicha esa 3 yulduz oldi.

Sinov natijalariga ko‘ra, kuzov zarbani nisbatan yaxshi qabul qilgan. Biroq bazaviy komplektatsiyada jiddiy kamchiliklar aniqlangan. Old to‘qnashuv paytida old panel elementlari haydovchi va yo‘lovchining tizzalari uchun xavf tug‘dirishi aytilgan.

Ekran tasviri

Mutaxassislar yon tomondan ustunga urilish testini o‘tkazmagan. Sababi bazaviy versiyada yon xavfsizlik pardalari mavjud emas. Ularsiz bosh jarohati xavfi yuqori deb baholangan.

Ekran tasviri

Shuningdek, avtomobilda old yo‘lovchi havo yostiqchasini o‘chirib qo‘yish imkoni yo‘q. Bu esa old o‘rindiqqa bolalar o‘rindig‘ini o‘rnatishda xavf tug‘diradi.

Global NCAP rahbari Richard Vuds kompaniyaning reklama siyosatini tanqid qildi. Unga ko‘ra, Chery boshqa bozorlardagi 5 yulduzli baholarni reklamada ko‘rsatgan. Ammo bu reytinglar to‘liq xavfsizlik tizimlariga ega yuqori komplektatsiyalarga tegishli bo‘lgan.

Disappointing two star rating for Tiggo 7 Pro in South Africa

Sinovdan o‘tgan model Rossiyada Tiggo 7 Pro Max nomi bilan sotiladi. Rossiyadagi bazaviy Active versiyasida ham yon xavfsizlik pardalari mavjud emasligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chery Automobile BAA bozorida Rely R08 o‘rta o‘lchamli pikapini taqdim etgandi. Model benzin va dizel dvigatellari bilan taklif qilinadi. Benzinli versiya 2,4 litrli Mitsubishi atmosferali dvigatel bilan jihozlangan. U 158 ot kuchi va 230 Nm moment beradi.

Shuningdek