
23-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 43,38 so‘mga oshib, 12 212,79 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
13-fevral uchun dollar 11,73 so‘mga tushib, 12 275,58 so‘mga yetgandi. 16-fevral kuni dollar 54,6 so‘mga tushib, 12 220,98 so‘mni, 17-fevral kuni esa 29,68 so‘mga tushib, 12 191,30 so‘mni, 18-fevral kuni 53,44 so‘mga tushib, 12 137,86 so‘mni tashkil qildi. 19-fevralga kelib dollar 12 132,48 so‘mga (-5,38), 20-fevral kuni esa 36,93 so‘mga oshib, 12 169,41 so‘mga yetdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 51,19 so‘mga oshib, 14 411,09 so‘mni, rubl 0,57 so‘mga oshib, 159,52 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.