Avto

Eng kichik “Gelik” avtomobili sinovdan o‘tmoqda

Modelning rasmiy taqdimoti 2027-yilga rejalashtirilgan
Eng kichik «Gelik» avtomobili sinovdan o‘tmoqda
Foto: Carbuzz

Yangi mini «Gelik» benzin dvigatel bilan chiqishi mumkin. Bu haqda Carbuzz nashri ma’lum qildi. Modelning rasmiy taqdimoti 2027-yilga rejalashtirilgan.

Yevropaning shimolida Mercedes-Benz kompaniyasining afsonaviy Mercedes-Benz G-klass modelining kichraytirilgan talqini sinov jarayonida suratga olindi. Internetda u allaqachon «Baby G» nomi bilan tilga olinmoqda.

Foto: carbuzz

Kuzov dizayni katta G-klasga nisbatan soddaroq va kamroq agressiv ko‘rinadi. G‘ildirak arkalari va oynalar qismida yumaloq chiziqlar qo‘llanilgan. Shunga qaramay, qanot kengaytirgichlari va orqa eshikdagi kvadrat shakldagi zapas g‘ildirak qutisi saqlab qolingan. Eshik ilgaklari yashirilgan, orqa eshik esa yon tomonga ochiladi. Sinovdagi avtomobil asl G-klasga qaraganda ancha past ko‘rinadi.

Dastlab kompaniya mini G faqat elektromobil bo‘lishini bildirgan edi. Biroq elektromobillar bozori sovuqlashgani sabab, loyiha qayta ko‘rib chiqildi. Bu yil taqdim etiladigan 24 ta yangi modeldan 13 tasi benzinli bo‘lishi rejalashtirilgan. Shu bois yangi mini G ham ichki yonuv dvigateli bilan chiqishi mumkin.

Foto: carbuzz

Model o‘zining alohida narvonli ramasi asosida yaratiladi. Bu esa yo‘ltanlamas imkoniyatlarini saqlab qolishini anglatadi.

Benzinli versiya paydo bo‘lsa, model infratuzilmasi hali rivojlanmagan bozorlarda ham talabga ega bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Mercedes-Benz GLA sinovdan o‘tayotgani haqida yozgan edi.