Yangiliklar

Ikkita firma litsenziyasiz Umra reklamalari joylashtirgani uchun jarimaga tortildi

Mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan
Ikkita firma litsenziyasiz Umra reklamalari joylashtirgani uchun jarimaga tortildi
Foto: Pexels

Raqobat qo‘mitasi ikkita firmaga litsenziyasiz Umra reklamalari joylashtirgani uchun jarimaga tortdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan «Sharofiddin Travel» hamda «Fayz Tour Travel» MChJlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha ularga moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida joylashtirilgan Umra reklamalari ham o‘rganildi. Natijada yana 12 ta holatda reklama qonunchiligi talablari buzilgani aniqlanib, mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Umra vizalari 19-martdan keyin rasmiylashtirilmasligi haqida yozgan edi.