Infinix arzon narxdagi Xpad 30E planshetini taqdim etdi — foto

20-fevral 2026 07:41 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Infinix arzon narxdagi Xpad 30E planshetini taqdim etdi / Foto: Infinix

Infinix yangi qurilmalari qatorini kengaytirib, Note 60 va Note 60 Pro smartfonlari bilan birga Xpad 30E planshetini ham rasman taqdim etdi. Bu haqda GSMArena ma’lum qildi.

Qurilma 11 dyuymli, 1920×1200 o‘lchamli LCD ekran bilan jihozlangan bo‘lib, uning odatiy yorqinligi 440 nitni tashkil etadi. Planshet Dreamy Purple, Forest Green va Deep Blue ranglarida taklif qilinadi.

Foto: Infinix

Ta’limga yo‘naltirilgan funksiyalar

Xpad 30E asosan o‘quv jarayoniga mo‘ljallangan imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Unda «AI Tutor» tizimi mavjud bo‘lib, Photo Solving, Tap to Ask, AI Creation va AI Screen Recognition funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, foydalanuvchilar uchun darsliklarga mos kurs va mashqlarni qamrab olgan 120 mingdan ortiq premium o‘quv resurslari taqdim etilgan. Qurilmada 4G aloqa qo‘llab-quvvatlanadi.

Foto: Infinix

Texnik xususiyatlari

Planshet MediaTek Helio G80 protsessori asosida ishlaydi. U 4 GB tezkor xotira va kengaytiriladigan 128 GB eMMC 5.1 ichki xotira bilan ta’minlangan. Qurilmada 5 MP asosiy hamda 8 MP old kamera o‘rnatilgan. Batareya sig‘imi 7 000 mA/soat bo‘lib, 18 Vt quvvatli simli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Narxi

Infinix Xpad 30E planshetining narxi $141 ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Infinix GT 50 Pro smartfonining texnik xususiyatlari hqida yozgan edik.

Shuningdek