Banklar va moliya

Masofaviy xizmat ko‘rsatuvchi 28 ta bankda kiberxavfsizlik talablari kuchaytirildi

Endilikda banklar uchta asosiy himoya mexanizmidan foydalanadi
Markaziy bank masofaviy banklar uchun kiberxavfsizlikni kuchaytirdi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Markaziy bank masofaviy xizmat ko‘rsatuvchi banklar uchun kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda banklar uchta asosiy himoya mexanizmidan foydalanadi. Session Antifraud tizimi shubhali operatsiyalarni real vaqt rejimida aniqlab, bloklaydi. Telekom Antifraud SMS-kodlarni qo‘lga kiritish va SIM-swap hujumlaridan himoya qiladi. Mobil ilovadagi antivirus esa foydalanuvchi qurilmasidagi zararli dasturlarni aniqlaydi.

Quyidagi banklarda mazkur himoya tizimlari joriy etildi

Regulyatorga ko‘ra, mazkur choralar firibgarlik xavfini sezilarli kamaytiradi. Fuqarolarga PIN-kod, parol va bir martalik tasdiqlash kodlarini uchinchi shaxslarga bermaslik tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 27–30-yanvar kunlari uchta davlat idorasiga uyushtirilgan kiberhujumlar natijasida 60 mingga yaqin fuqaroning ma’lumotlari sizib chiqqanini ma’lum qilgandi. Vazirning ta’kidlashicha, ma’lumotlar sizib chiqishi fuqaroning shaxsiy akkaunti buzilganini anglatmaydi.