Yangiliklar

Narxlar o‘ylantiryaptimi yoki quvontiryaptimi? «Malika»dagi Xiaomi 17 narxlarini ko‘rib chiqamiz

Xiaomi 17
Foto: Xiaomi

Kursiv Uzbekistan poytaxtdagi «Malika» bozorida sotilayotgan smartfonlar narxlariga doir maqolalar seriyasini davom ettiradi. Bu safar biz Xiaomi 17 seriyasidagi smartfonlar narxlarini ko‘rib chiqamiz.

12/256 GB xotirali bazaviy versiyasi $810, 12/512 GB varianti esa $890 deb baholanmoqda. 16 GB tezkor va 512 GB ichki xotiraga ega model $950 turadi, 16 GB va 1 TB xotiraga ega maksimal jamlanma narxi esa $1000.

Xiaomi 17 Pro Max qimmatroq taklif qilinmoqda: 12/512 GB versiyasi $950, 16/512 GB konfiguratsiyasi $1050, 16 GB tezkor xotira va 1 TB doimiy xotiraga ega varianti esa $1100 ga tushadi.

Xiaomi 17 Series Official Introduction

Sotuvchilar 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan Xiaomi 17 Pro Max modelini alohida ta’kidlashmoqda. Bunday modellar sezilarli darajada qimmatroq baholanadi: 12/512 GB versiyasi uchun $1250, 16/512 GB uchun $1350 va 16/1024 GB bo‘lgan eng yuqori konfiguratsiya uchun $1450.

Xitoyda qurilmalarning narxi ancha past: Xiaomi 17 narxi 3999 yuandan ($550), Xiaomi 17 Pro – 4999 yuandan ($690), Xiaomi 17 Pro Max esa 6999 yuandan ($960) boshlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Malika»da iPhone 17 modellari arzonlashgani haqida xabar bergan edi.