Yangiliklar

Oʻzbekistonga 14 ming tonna arab xurmosi import qilindi

19 ta davlatdan
Foto: medAll

2025-yilda Oʻzbekistonga 19 ta davlatdan qiymati $10,3 millionga teng boʻlgan jami qariyb 14 ming tonna arab xurmosi import qilingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bu hajm oʻtgan yilga nisbatan 3,4 ming tonnaga oshgan.

Shu yili Oʻzbekistonga eng koʻp xurmo 11 ming tonna bilan Eron tomonidan yetkazib berilgan. Tunisdan 809,6 tonna, Turkiyadan 416 tonna, Saudiya Arabistonidan 327,9 tonna, Qozogʻistondan 229 tonna, Ozarbayjondan 223,5 tonna va BAAdan 216,9 tonna xurmo keltirilgan.

Qolgan davlatlar hissasi esa jami 768,7 tonnani tashkil qilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston 2027-yilgacha 20 turdagi xomashyo importiga bojlarni pasaytirishi haqida yozgandi.