Gadjetlar

Oppo Find X9 Ultra va Vivo X300 Ultra yangi tashqi telekonvertor bilan chiqadi

Ular 2026-yil bahorida taqdim etilishi kutilmoqda
Oppo Find X9 Ultra va Vivo X300 Ultra yangi tashqi telekonvertor bilan chiqadi
Foto: Weibo

Digital Chat Station ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy Yangi yilidan keyingi eng kutilgan smartfonlar Oppo va Vivo’ning flagman modellari bo‘ladi. Ular 2026-yil bahorida taqdim etilishi kutilmoqda.

Oppo Find X9 Ultra 200 MP periskop telekamera bilan jihozlanadi. Sensor o‘lchami 1/1,28 dyuym bo‘ladi. Shuningdek, 10 karra zumga ega 50 MP periskop kamera ham o‘rnatiladi. Smartfon 7000 mA/soatdan katta sig‘imli batareya bilan ta’minlanadi.

Foto: Weibo

Vivo X300 Ultra esa 200 MP asosiy kamera oladi. Uning sensori 1/1,12 dyuym bo‘lib, fokus masofasi 35 mm bo‘ladi. Bundan tashqari, 50 MP ultra keng burchakli kamera va 5 MP multispektral sensor ham o‘rnatiladi.

Har ikki model yangi tashqi telekonvertorlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu uzoq masofadagi obyektlarni yanada sifatli suratga olish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oppo Find X9s smartfoni global va Xitoy variantlarda taqdim etilishi haqida xabar berilgandi.