O‘zbekistonliklar uchun Qatarning yirik vakansiyalar bazasi ochildi

eʼlon qilindi
Nomzodlar uchun yosh chegarasi 18 dan 45 yoshgacha etib belgilangan
O‘zbekistonliklar uchun Qatarning yirik vakansiyalar bazasi ochildi
Foto: Pexels

O‘zbekistonliklar uchun Qatarning yirik vakansiyalar bazasi ochildi. Bu haqda Migratsiya agentligi Telegramdagi kanalida ma’lum qildi.

Agentlik va Qatardagi Jusour rekruting kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolangan. Unga ko‘ra, nomzodlar uchun yosh chegarasi 18 dan 45 yoshgacha etib belgilangan. Ingliz tilini kamida A2 darajada bilish talab etiladi. IELTS 5 sertifikati mavjud bo‘lsa, ustunlik beriladi. Arab tillarini biladiganlarga ham afzallik mavjud.

Ishga joylashish jarayoni bir necha bosqichdan iborat. Avvalo, nomzodlar TAWZEEF portali orqali mos vakansiyani tanlaydi va CV yuboradi. Ariza ma’qullansa, ish beruvchi elektron pochta orqali bog‘lanadi.

Keyingi bosqichda saralash va intervyu o‘tkaziladi. Barcha jarayonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Migratsiya agentligi bilan uch tomonlama shartnoma tuzadi. Shundan so‘ng viza rasmiylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Dubay aeroportida ishlash imkoniyati yaratilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek