O‘zbekistonliklar yil boshida qaysi davlatlarga ko‘proq sayohat qildi?

eʼlon qilindi
2026-yilning yanvar oyida 589 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi xorijga chiqdi
Foto: Kursiv Uzbekistan

2026-yilning yanvar oyida 589,6 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijiy davlatlarga safar qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,9 foizga ko‘p.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yilning ilk oyida o‘zbekistonliklar eng ko‘p Qirg‘iz Respublikasiga sayohat qilgan (232 ming nafar). Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Tojikiston (98,6 ming nafar) va Qozog‘iston (88 ming nafar) egallagan.

Foto: olmos-travel.uz

Shuningdek, fuqarolar eng ko‘p safar qilgan davlatlar o‘nligiga Saudiya Arabistoni (62,6 ming nafar), Rossiya (32 ming nafar), Turkiya (17 ming nafar) va BAA (16 ming nafar) kirdi. Ro‘yxatning oxirgi o‘rinlaridan Tailand (6,8 ming nafar), Xitoy (6 ming nafar) va Misr (4,5 ming nafar) joy oldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyaliklar uchun O‘zbekistonga sayohat narxi 2 foizga arzonlashgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek