
Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida 219,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda Departament ma’lum qildi.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «B.O.» fermer xo‘jaligi rahbari S.B. suv nasoslarini elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulagani aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda «A.N.» oilaviy korxonasi rahbari T.I. korxona oshxonasida tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri noqonuniy ulanib, 165,7 mln so‘mlik gazdan foydalangani aniqlangan.
Buvayda tumani bo‘limi o‘tkazgan tekshiruvda esa «X.O.» fermer xo‘jaligi rahbari X.A. «Mehnatobod» MFY hududidagi baliq havzasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida noqonuniy ulangan. Natijada 117,7 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hisobchi 746,8 mln so‘mni o‘zlashtirgani fosh etilgani haqida yozgan edi.