Umra vizalari 19-martdan keyin rasmiylashtirilmaydi — Saudiya Arabistoni

eʼlon qilindi
Bu yilgi Umra mavsumi 18-aprelga qadar davom etadi
Umra vizalari 19-martdan keyin rasmiylashtirilmaydi — Saudiya Arabistoni / Foto: muslim.uz

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi «Umra – 2026» mavsumi doirasida ziyoratchilar uchun muhim muddat va cheklovlarni e’lon qildi. Bu haqda O’zbekiston musulmonlari idorasi Haj va umra tadbirlarini tashkil etish markazi xabar berdi.

Vazirlikka ko‘ra, Umra vizalarini rasmiylashtirishning oxirgi sanasi 2026-yil 19-mart etib belgilangan. Xorijiy ziyoratchilarning Saudiya Arabistoniga kirish uchun so‘nggi muddat 2-aprel. Barcha ziyoratchilar 18-aprelga qadar mamalakatdan chiqib ketishlari lozim.

Saudiya qonunchiligida viza muddatini buzish yoki belgilangan sanalardan ortiq qolish qat’iy ta’qiqlanadi. Shu sababli, muborak saflarga chiqmoqchi bo‘lgan ziyoratchilardan belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish va safar rejasini yuqoridagi muddatlarga muvofiq tuzish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Haj va Umraga borish tartibi raqamlashtirilib, yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilangan edi.

Shuningdek