Gadjetlar

Xiaomi 17T va 17T Pro muddatidan to‘rt oy oldin taqdim etilishi kutilmoqda

Shuningdek, standart model Dimensity 8500, Pro talqini esa Dimensity 9500 protsessoriga ega bo‘ladi
Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasining yangi Xiaomi 17T va Xiaomi 17T Pro smartfonlari kutilganidan ancha erta chiqishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, 17T seriyasining ishlab chiqilishi avvalgi avlodga nisbatan tezlashgan va reliz to‘rt oyga oldinga surilgan.

Shuningdek, standart model Dimensity 8500, Pro talqini esa Dimensity 9500 protsessoriga ega bo‘ladi. Bu chiplar yuqori unumdorlik va energiya samaradorligini ta’minlashi kutilmoqda. Asosiy e’tibor aynan ishlash tezligi va batareya quvvatini oshirishga qaratilgan, kamera qismidagi yangilanishlar esa katta o‘zgarish qilmaydi.

Ma’lum qilinishicha, Xiaomi 17T modeli 2602DPT53G (P12A), Pro versiyasi esa 2602EPTC0G (P12U) indekslari bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Qizig‘i shundaki, qurilmalar mashhur rassomlar nomi bilan kodlangan: biri Shagal (Marc Chagall), ikkinchisi esa Uorhol (Andy Warhol).

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Malika»dagi Xiaomi 17 narxlari haqida yozgandi.