Yangiliklar

Dam olish kunlari qayerda valyuta ayirboshlash mumkin

Respublikadagi 19 ta tijorat banki dam olish kunlari xizmat ko‘rsatadi
Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki dam olish kunlari ayrim tijorat banklarida valyuta ayirboshlash hamda xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat yuritishini ma’lum qildi. Bu haqda regulyatorning Telegram-kanali xabar berilmoqda.

Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, jami 19 ta moliya muassasasi haftaning dam olish kunlari ham aholiga xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi. Ular qatoriga Agrobank, Milliy Bank, SQB, Asakabank, Kapitalbank va Ipoteka bank kabi banklar kiritilgan.

Shuningdek, aholi faqatgina bank filiallari orqali emas, balki muqobil usullardan foydalangan holda ham valyuta operatsiyalarini bajarishi mumkin. Jumladan, 24/7 rejimida uzluksiz ishlovchi avtomatlashtirilgan bankomatlar tarmog‘i faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, bank binosiga tashrif buyurmagan holda, kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali ham valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Quyida banklar ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, havolaga bosish orqali faoliyat yuritayotgan bank manzilini topish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan masofaviy xizmat ko‘rsatuvchi 28 ta bankda kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilgaani haqida xabar bergan edi.