Lifestyle

Munajjimlar bashorati: 21-fevralda nimalarga e’tibor berish kerak

21-fevral uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz
Munajjimlar bashorati: 21-yanvar kimlar uchun omadli kun
Foto: depositphotos

Jiddiy narsalar haqida o‘ylash, muhim savollarga javob izlash uchun qulay kun. Siz ilgari e’tibor bermagan narsalarni payqash, vaziyatni tahlil qilish va to‘g‘ri xulosalar chiqarish imkoniyati mavjud. Kerakli ma’lumotni topishga, do‘stlaringiz yoki shunchaki yaxshi tanishlaringizdan foydali narsalarni bilib olishga muvaffaq bo‘lasiz. Quyida burjlar bo‘yicha 21-fevral uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.

Qo‘y (21.03 – 20.04)

Kutilmagan voqealar kunning boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Rejalarni o‘zgartirishga sabab bo‘ladigan xabarlar yoki rad etishni istamaydigan takliflar bo‘lishi mumkin. Ba’zi uchrashuvlarni keyinga qoldirishga to‘g‘ri keladi, lekin siz bu borada unchalik tashvishlanmaysiz. Intuitsiya birozdan so‘ng hamma narsa uchun vaqt topilishini aytadi va bunda adashmaydi.

Buzoq (21.04 – 20.05)

Agar siz o‘z oldingizga real maqsadlar qo‘ysangiz, imkonsiz narsalarga erishishga urinmasangiz, kuningiz yomon o‘tmaydi. Ishbilarmonlik nuqtayi nazaridan bu eng qulay kun emas: ajoyib yutuqlarga erishish qiyin. Ammo u dam olish uchun juda mos keladi, kundalik tashvishlardan chalg‘ish va odatiy narsalarga boshqacha qarash imkonini beradi.

Katta xaridlarga shoshilmagan ma’qul. Bugungi kunda ko‘pchilik o‘zlarining moliyaviy imkoniyatlarini ortiqcha baholashga moyil bo‘ladi. Kreditga biror narsa sotib olishdan oldin, uni qaytarishda muammoga duch kelmasligingizga ishonch hosil qiling, o‘z mablag‘ingiz bilan iloji yo‘qligini o‘ylab ko‘ring.

Egizaklar (21.05 – 21.06)

Kunning boshida ulkan yutuqlarga erishish dargumon. Ko‘pincha sizni ishlardan chalg‘itishadi, ba’zilar boshqalarning muammolarini hal qilish uchun o‘z rejalarini amalga oshirishni keyinga qoldirishi kerak bo‘ladi. Faqat o‘z kuchingizga ishonish kerak: agar kimdir sizga yordamga kelsa, bu biroz keyinroq sodir bo‘ladi.

Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Uy ishlari bilan shug‘ullanish yaxshi: ular oson bajariladi, zerikarli bo‘lib tuyulmaydi. Yaqinlaringizdan nima talab qilinishini tushuntirsangiz, ular sizga bajonidil yordam beradi. Siz uchun murakkab moliyaviy masalalar muvaffaqiyatli hal bo‘lishi mumkin, pul tushumlari, foydali bitimlar istisno qilinmaydi. Bu kunda uy uchun foydali narsalarni, masalan, yaqinlaringiz bilan birga foydalanadigan maishiy texnikani xarid qilish yaxshi.

Arslon (23.07 – 22.08)

Kunning birinchi yarmini eng muhim ishlarga bag‘ishlash kerak: ehtimol, siz ularni a’lo darajada uddalaysiz. Birovning yordami deyarli kerak bo‘lmaydi, lekin eski do‘stlaringiz taklif qilsa, rad etmang. Ularning qo‘llab-quvvatlashi tufayli siz ancha tez muvaffaqiyatga erishasiz.
Moliyaviy masalalarda o‘rinsiz tavakkalchilikdan qochishga harakat qiling. Xarid va bitimlarga shoshilmagan ma’qul, kredit olish maqsadga muvofiq emas.

Parizod (23.08 – 23.09)

Kunning birinchi yarmiga alohida muhim va murakkab narsani rejalashtirishning hojati yo‘q. Bu eng yomon vaqt emas, lekin uni oddiy deb ham bo‘lmaydi. Ko‘pchilik diqqatni jamlash odatdagidan qiyinroq ekanini payqaydi, shuning uchun keyinchalik jiddiy rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan tafsilotlarga har doim ham o‘z vaqtida e’tibor bera olmaydi. Qandaydir muhim hujjatlar, rasmiy so‘rovlar tuzish bilan shug‘ullanish yaramaydi. Davlat tashkilotlariga borishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, kechikishlarga tayyor turing.

Tarozi (24.09 – 23.10)

Jiddiy ishlarni kechiktirmang: ular uchun kunning birinchi yarmi mos keladi. Ko‘plarda ilgari uddalay olmagan ishni uddalash yoki qandaydir muhim va murakkab masalani muvaffaqiyatli hal qilish imkoniyati bo‘ladi. Eski tanishlar sizga bajonidil yordam beradi, lekin yaqinda birinchi marta uchrashgan odamlar ham, agar siz so‘rasangiz, qo‘llab-quvvatlashni rad etmaydi.

Chayon (24.10 – 22.11)

Orzu va xayollarga berilmaslikka harakat qiling. Bugun real qarash, o‘z kuch-qudratini xolis baholash, o‘tkinchi xohish-istaklar girdobiga tushib qolmaslik zarur. Ertalab barvaqt boshlangan ishlarni oxiriga yetkazishga e’tibor qaratgan ma’qul. Yangi ishga qo‘l urish uchun qulay fursat biroz kechroq keladi.

O‘qotar (23.11 – 21.12)

Vaqtni behuda sarflamaysiz va ko‘p foydali ishlar qilishga ulgurasiz. Merganlar murakkab vazifalardan cho‘chimaydi, ular boshqalar uddalay olmagan ishlarga g‘ayrat bilan kirishadi. Ilgari orttirilgan qandaydir tajriba qo‘l kelishi ehtimoldan xoli emas. Uning yordamida siz xatolarga yo‘l qo‘ymaysiz, muhim tafsilotlarga o‘z vaqtida e’tibor qaratasiz, to‘planib qolgan mayda qiyinchiliklarni hal qilasiz.

Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Kun yangi ishga qo‘l urish uchun mos keladi. Siz shoshilmaysiz, avval hammasini o‘ylab, taroziga solib ko‘rasiz. Bunday yondashuv achinarli xatolar va asossiz tavakkalchilikdan qochish, hatto murakkab va noaniq vaziyatlarni ham tushunish imkonini beradi. Moliya sohasi bundan mustasno. Yengil qarorlar muvaffaqiyatsiz bitimlarga, behuda xarajatlarga olib kelishi mumkin. Gap uncha katta bo‘lmagan mablag‘ haqida boradi, shuning uchun bu yerda ham jiddiy xavotirga o‘rin yo‘q.

Qovg‘a (21.01 – 18.02)

Kun moliyaviy masalalarni hal qilish uchun mos keladi. Pul bilan bog‘liq hamma narsada intuitsiyaga tayanish mumkin: uning yo‘l-yo‘riqlariga amal qilsangiz, behuda xarajatlardan qochishingiz va juda muvaffaqiyatli bitimlar tuzishingiz mumkin. Pul tushumlari bo‘lishi mumkin, ba’zilarga eski qarzlari qaytariladi.

Baliq (19.02 – 20.03)

Sizni yoqimli kun kutmoqda. Ko‘p narsa odatdagidan osonroq bo‘ladi va rejalashtirilgan ishlarni tezda uddalaysiz. Boshqalardan o‘rnak olishni emas, balki o‘zicha harakat qilishni afzal ko‘rgan baliqlar foydali tajribaga ega bo‘ladi. Tanishlaringizdan biriga sizning yordamingiz kerak bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Kunning ikkinchi yarmi sizni tinch qo‘ymagan moliyaviy masalalarni hal qilish uchun mos keladi. Ba’zilar mavjud mablag‘larni to‘g‘ri sarflashni va daromadni oshirishni tushunib yetadi. Intuitsiyangizga ishoning: bugun u sizni hech narsada aldamaydi.