OpenAI o‘zining ilk aqlli kalonkani ishlab chiqmoqda

eʼlon qilindi
Qurilma 2027-yilda sotuvga chiqishi kutilmoqda
Foto: ixbt.com

OpenAI kompaniyasi iste’molchilar uchun mo‘ljallangan ilk sun’iy intellekt qurilmalarini yaratish maqsadida 200 kishilik tadqiqot guruhini shakllantirdi. Ularning birinchi mahsuloti ekransiz, ammo kamerali aqlli kalonka bo‘lishi rejalashtirilgan.

Yangi qurilmaning narxi $200 dan $300 gacha bo‘lishi mo‘ljallangan. Uning yetkazib berilish muddati eng kamida 2027-yilning fevral oyiga to‘g‘ri kelishi taxmin qilinmoqda. Bu qadam OpenAI uchun faqat dasturiy ta’minotdan apparat ishlab chiqarishga o‘tishdagi muhim bosqich sanaladi.

Avvalroq, 2025-yilning sentyabrida kompaniya Apple’ning sobiq dizayn rahbari Jonatan Ayv bilan hamkorlikni boshlagan edi. Tomonlar 2026-yil oxiriga qadar sun’iy intellektli ko‘zoynak, quloqchin, stilus va aqlli chiroqlar kabi ko‘p modalli qurilmalarni ishlab chiqarishni kelishib olgan.

An’anaviy kalonkalardan farqli o‘laroq, OpenAI o‘zining yirik til modellari orqali qurilmaga tabiiy ovozli muloqot va kundalik vaziyatlarni chuqurroq tushunish qobiliyatini qo‘shishni maqsad qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mercor SI’ni o‘qitish uchun kuniga 1 mln dollar to‘layotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek