
Turkiya Superligasining 23-turida «Istanbul Bashakshehir» jamoasi o‘z maydonida «Alanyaspor»ga qarshi bahs olib boradi. Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev mazkur uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi. Uchrashuv soat 18:00 da start oladi.
Turnir jadvalida jamoalar o‘rtasida kichik farq kuzatilmoqda. «Istanbul Bashakshehir» ayni paytda 33 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinni band etib turibdi. Ularning bugungi raqibi «Alanyaspor» esa 26 ochko bilan 10-pog‘onadan joy olgan.

«Istanbul Bashakshehir»ning uchrashuv uchun tanlagan asosiy tarkibi e’lon qilindi. Darvozani Muhammed qo‘riqlaydi, himoyada Omer Ali, Duarte, Opoku va Operi harakat qiladi. Markaziy yarim himoyani Kemen hamda Umut nazorat qilsa, hujum ortida Fayzullayev, Shomurodov hamda Harit joylashgan. Hujum chizig‘ida esa Zelke o‘ynaydi.
Jamoaning zaxira o‘rindig‘idan Dogan, Berat, Onur B, Yusuf, Da Kosta, Krespo, Ba, Brnich, Kazimjan hamda Onur Ye kabi futbolchilar joy olgan. Ular o‘yinning borishiga qarab maydonga tushishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida mavsumdagi 14-golini kiritgani haqida xabar bergan edi.