Yangi chiplar ortidan Samsung aksiyalari rekord darajaga ko‘tarildi

Samsung Electronics kompaniyasining aksiyalari rekord darajaga yetdi. Bunga yangi avlod sun’iy intellekt xotira chiplari narxi avvalgisidan 30 foizga qimmatroq bo‘lishi haqidagi xabarlar sabab bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.
Uch kunlik dam olishdan so‘ng ochilgan Janubiy Koreya birjasida kompaniya aksiyalari 5,4 foizga o‘sdi. Xabarlarga ko‘ra, Samsung o‘zining HBM4 chiplarini donasi uchun $700 atrofida baholamoqda. Kompaniya mazkur ma’lumotlarga rasmiy izoh berishdan bosh tortgan.

Avgust oyida raqobatchi SK Hynix kompaniyasi Nvidia uchun HBM4 narxini $500 dollar atrofida belgilagan edi, ammo endi ular ham o‘z narxlarini oshirishi taxmin qilinmoqda.
«Bu holat sun’iy intellekt xotira bozorida talab hamon yuqoriligini va kompaniya narx belgilash ustunligini qaytarib olayotganini ko‘rsatadi», — dedi Saxo Markets bosh investitsiya strategi Charu Chanana.
Qayd etish joizki, xotira chiplariga bo‘lgan yuqori talab Janubiy Koreyaning Kospi indeksini joriy yilda 34 foizga oshishiga yordam bergan va uni dunyodagi eng yaxshi o‘sayotgan fond bozoriga aylantirgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistn Samsung Bixby internetdagi so‘nggi ma’lumotlarga kirish imkoniyatini olgani haqida xabar bergan edi.