
Bugun respublika hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi.
Hududlarda shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 14–16 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroq qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zgidromet» dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston tomondan nam va salqin havo massalari kirib kelishini xabar qilgandi. Unga ko‘ra, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor.