Bektemir Meliqo‘ziyev Sena Agbekoni texnik nokaut bilan mag‘lub etdi

22-fevral 2026 11:33 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokaut bilan mag‘lub etdi
Ekran tasviri

22-fevral kuni AQShning Las Vegas shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomida Bektemir Meliqo‘ziyev ganalik Sena Agbekoga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang davomida to‘liq ustunligini namoyish etgan Meliqo‘ziyev raqibini 7-raundda texnik nokautga uchratib, ishonchli g‘alabaga erishdi. Shu bilan u WBA qit’alararo chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Video: ijtimoiy tarmoq

Hozirda Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksda jami 18 ta jang o‘tkazgan. Ularning 17 tasida g‘alaba qozongan, 11 ta jangni muddatidan avval yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil Madrimov bilan intervyuni e’lon qilgandi. 24-yanvar kuni Las-Vegasda o‘tgan jangda o’zbekistonlik bokschi jarohatlar va qisqa tayyorgarlikka qaramay, dominikanlik Luis David Salazarni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi. Kursiv Uzbekistan bokschi bilan ushbu g‘alaba, tiklanish jarayoni va kelgusi rejalari haqida suhbatlashdi.

Shuningdek