BYD taksi bozori uchun yangi avtomobilini namoyish qildi

22-fevral 2026 13:48 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
BYD taksi bozori uchun yangi avtomobilini taqdim etdi
Foto: BYD

BYD kompaniyasi Linghui M9 nomli yangi MPV (Multi-Purpose Vehicle) modelining rasmiy suratlarini e’lon qildi. CarNewsChina’ga ko‘ra, avtomobil asosan taksi va ride-hailing bozori uchun mo‘ljallangan.

Yangi model yetti o‘rindiqli salon va 1,5 litrli turbomotorli plagin gibrid tizim bilan jihozlangan. Linghui BYD’ning yangi sub-brendi bo‘lib, u taksi xizmatlariga yo‘naltirilgan. Brend e va M seriyalaridan iborat. e5, e7 va e9 modellari to‘liq elektromobil, M9 esa yagona plagin gibrid variant hisoblanadi.

Foto: Chinese MIIT

Tashqi ko‘rinish jihatidan Linghui M9 BYD Xia DM-i modeliga o‘xshaydi. Old panjara shakli saqlangan, biroq xrom elementlar dizayni biroz o‘zgartirilgan. Orqa qismida Chinese knot uslubidagi fonarlar, qizil reflektorlar va xrom bezak mavjud. Shinalar o‘lchami 235/60R18.

Modelning uzunligi 5200 mm, kengligi 1970 mm, balandligi 1805 mm. G‘ildirak bazasi 3045 mm. Bu ko‘rsatkich BYD Xia DM-i’dan 55 mm uzunroq. Avtomobilning og‘irligi 2470 kg.

Qo‘shimcha opsiyalar orasida oddiy oynalar, kamera o‘rnatilgan ko‘zgu tagligi va orqa kameralar mavjud.

Foto: Chinese MIIT

Linghui M9 1,5T dvigatel, doimiy magnitli sinxron elektromotor va Blade akkumulyator bilan jihozlangan. Benzin dvigateli 115 kVt (154 ot kuchi), elektromotor esa 200 kVt (268 ot kuchi) quvvat beradi. Bu ko‘rsatkichlar BYD Xia DM-i bilan bir xil.

Batareya sig‘imi hozircha ochiqlanmagan. Taqqoslash uchun, BYD Xia DM-i 20,39 kVt/soatlik Blade batareya bilan 100 km gacha sof elektr masofani bosib o‘ta oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD Song Ultra elektromobili qanday narxda sotilishi haqida xabar berilgandi. Model BYD Song Ultra EV nomini oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, narx $26 mingdan boshlanadi.

Shuningdek