Avto

Chevrolet Bolt’ning ayrim versiyalariga buyurtma cheklovi joriy etildi

Ba’zi rang va jihozlar kombinatsiyasida avtomobillar darhol ishlab chiqarilmaydi
2027 Chevrolet Bolt’ning ayrim versiyalariga buyurtma cheklovi joriy etildi
Foto: GM Authority

2027 Chevrolet Bolt’ning ayrim komplektatsiyalari uchun vaqtinchalik buyurtma cheklovlari joriy etildi. Bu haqda GM Authority xabar berdi.

Bu shuni anglatadiki, model buyurtma uchun ochiq, ammo ba’zi rang va jihozlar kombinatsiyasida avtomobillar darhol ishlab chiqarilmaydi. Dilerlar kerakli versiyani olish uchun biroz kutishga majbur bo‘lishi mumkin.

Cheklov asosan LT komplektatsiyasining Comfort Package va mato o‘rindiqli variantlariga, shuningdek RS versiyasining ayrim ranglariga taalluqli. Xususan, variantlar orasida Summit White, Mosaic Black Metallic, Marina Blue Metallic va Sterling Gray Metallic ranglaridagi LT va RS versiyalari bor. Shuningdek, RS’ning Technology Package va elektr lyukli versiyalari Mosaic Black Metallic, Habanero Orange, Marina Blue Metallic hamda Sterling Gray Metallic ranglarida vaqtincha cheklangan.

2027 Chevrolet Bolt buyurtmasi AQShda LT uchun $28 995 dan, RS uchun $32 995 dan boshlanadi. Avtomobil 210 ot kuchiga ega elektr motor va 65 kVt/soatli LFP batareya bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish AQShning Kanzas-Siti shahridagi GM Fairfax zavodida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq General Motors Kolumbiyada 2026-yilgi Chevrolet Captiva PHEV modelini rasman taqdim etgandi. Yangi Captiva PHEV Kolumbiyada Chevrolet’ning ilk plagin gibrid avtomobiliga aylandi. U to‘liq elektromobil emas, ammo yonilg‘i tejamkor variant qidirayotgan mijozlar uchun mo‘ljallangan.